UzIslam.com sayti har yilgi an'anasiga muvofiq bu yil ham "Qurbonlik - 1432" tadbirini tashkil etgani haqida xabar bergan edik. Avvalo, Alloh rizoligi uchun, qolaversa, zimmalarida Qurbonlik qilish vojib bo'lgan birorodarlarimiz ishini osonlashtirish maqsadida tashkil etilgan ushbu xayrli tadbir bu yil ham muvaffaqiyatli tarzda o'z nihoyasiga yetdi.
Har yili dekabr oyida Hindiston hamda Angliyada musulmonlar boshiga tushgan yaqin o'tmishdagi bir baxtsiz hodisa yodga olinadi. 1992-yilning 6-dekabr kuni Hindistonning Ayodhya shahrida Bobur tomonidan qurilgan qadimiy masjid bir to'da hindu ektremistlari tomonidan vayron qilinib, uch mingdan ziyod musulmon o'ldirilgan edi.
Musulmonlar nazarida, ushbu qonli voqea ortida turganlar hamda uning ishtirokchilari Hindiston sudlarida adolatli jazo olmagan.
“6-dekabr yaqin o'tmishda Hindiston musulmonlariga ko'rsatilgan adolatsiz munosabatni yodga soluvchi og'riqli kundir. - deydi Angliyadagi Hindistonlik musulmonlar konsuli rahbari Munaf Zina. - Mudhish jinoyat sodir etilganidan 18 yil o'tibdiki, Allohobod Yuqori Sudi nafaqat ibodat maskani bo'lgan masjidni vayron etganlarni, hatto 3000 musulmonni qirgan qotillarni topib jazolashga ham muvaffaq bo'la olmadi”.
Bobur masjidi 1528-yil asli O'zbekistonning Andijon vilioyatidan bo'lgan Zahiriddin Muhammad Boburning Boqibek Toshkandi nomli sarkardasi tomonidan Iskandar Lodi ustidan qozonilgan g'alabani nishonlash maqsadida bunod etilgan. Hindularning da'vo etishicha, ushbu masjid hindular ibodatxonasi o'rniga qurilgan. Ammo tarixiy manbalarda masjid o'rnida ilgari hindular ibodatxonasi bo'lgani haqida biror ma'lumot uchramaydi.
Davlatga qarashli “RapidKL” avtokompaniyasi Malayziya poytaxtida yettita yo'nalish bo'yicha ayollar uchun maxsus avtobus xizmatlarini tashkil etdi. Bu haqda “New Straits Times” gazetasi yozadi.
Avtokompaniya direktori Muhammad Hazland Muhammad Husaynning aytishicha, ushbu xizmat ayollardan tushayotgan shikoyat va takliflar asosida yo'lga qo'yilgan. Ayrim ayollar uchun erkaklar bilan bir avtobusda ketish noqulayliklar tug'dirmoqda, degan u.
Mamlakatning Terenganu nomli shimoliy shtatida ham ayollar uchun alohida istirohat bog'lari, cho'milish uchun suv havzari tashkil etish ko'zda tutilgan. Ushbu loyihalar Yaqin Sharqdan tashrif buyuruvchi sayyoh ayollar e'tiborini jalb etish maqsadida amalga oshirilmoqda
Mamlakatdagi soni tobora oshib borayotgan musulmonlar uchun poytaxt Afinada masjid qurish ishlariga hukumat homiylik qilmoqchi. So'nggi oylarda musulmonlarning hayit namozlarini o'qish uchun jamoat joylariga to'planishlari bilan bog'liq bir qator bahsli hodisalar bo'lib o'tgandan so'ng grek hukumati musulmonlar uchun zudlik bilan masjid qurish lozimligi haqidagi loyihani ma'qullagan. Bu haqda Gretsiyaning mashhur “Ta Nea” gazetasi xabar tarqatdi.
Poytaxt markazidan uncha uzoq bo'lmagan hududda bunyod etilayotgan masjid 500 kishiga mo'ljallangan bo'lib, uning qurilishi 2012-yilgacha tugallanishi kerak. Ushbu masjid hozirgi mavjud talablarni qondirish maqsadida qurilayotgan vaqtinchalik ibodatxona bo'lib, doimiy va katta masjid qurish loyihasi ham yaqin kelajakda amalga oshirilishi kutilmoqda.
Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo va Arab o'lkalaridan kelib ishlovchi minglab musulmonlar ibodat qilishlari uchun hozirgacha Afinada birorta ham masjid bo'lmagan. Musulmonlar xonadonlarda, ijaraga olingan omborxona maydonlarida jamoat namozlarini o'qib yurishgan.
Bu yilgi Qurbon hayiti namozini ado qilish uchun ochiq maydonga yig'ilgan musulmonlarga qarata millatchi grek guruhlari tomonidan haqorat so'zlari va ochiq tahdidlarning yangrashi mamlakat siyosiy doiralari orasida va xalqaro maydonda ancha shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Ultra-o'ng millatga guruhlarga mansub ayrim mahalliy aholi vakillari Gretsiyada musulmonlar sonining o'sib borayotganidan norozi. Musulmonlarning namoz o'qish uchun shahar markazidagi jamoat joyiga yig'ilishi ularning qonini qaynatgan.
7-dekabr kuni yangi hijriy yilning kirib kelishi bilan Malayziyada “Al-Hijra” nomli yangi islomiy telekanal ish boshladi. Hukumatning Islomiy taraqqiyot boshqarmasi loyihasi asosida tashkil etilgan telekanal mamlakat Bosh vaziri Datuk Seri Nadjib Tun Razak tomonidan rasman ochib berildi. Ochilish marosimida nutq so'zlagan Bosh vazir dunyoga Islomning go'zalligini va komilligini ko'rsatish uchun musulmonlarni OAVda faolroq ishtirok etishga chaqirdi, deb yozadi “Islom barcha uchun” internet nashri.
“Telekanal ijod ahli uchun yangi imkoniyat eshiklarini ochadi. - dedi Islomiy taraqqiyot boshqarmasi direktori Van Muhammad Shayx Abd-Aziz – Ijod ahli hamda da'vatchilarning o'zaro hamkorligi yordamida ushbu telekanal mintaqada islomiy qadriyatlarni yoyish uchun yetakchi manba vazifasini o'taydi”.
Yana uning aytishicha, tomoshabinlarning aksar qismi islomiy aqidaga mos qadriyatlarni targ'ib etuvchi ko'rsatuvlar berilishini istashadi. Chunki G'arb telekanallaridagi buzuqi teleshoular musulmon oilalari uchun yotdir, dedi u.
Islomning ijobiy jihatlarini ko'rsatishni o'z oldiga maqsad qilgan “Al-Hijra” mintaqada boshqa shu kabi telekanallarning vujudga kelishida namuna vazifasini o'tashi mumkin.
Theme by Danetsoft and Danang Probo Sayekti inspired by Maksimer