Тарих

Shanba kuni sinalganlar yoxud maymunga aylanib qolganlar qissasi

Qadimda Iyla nomli qishloq bo‘lib, uning aholisi baliq ovlash bilan tirikchilik qilishardi. Mana shu qishloqda Bani Isroil sulolasidan bo‘lgan bir qavm istiqomat qilar edi. Bani Isroil avlodlari ota-bobolari kabi shanba kunini muqaddas hisoblashar va shu kunni faqat ibodat uchun bag‘ishlashib, boshqa hech bir dunyoviy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmas edilar.

Ularga shanba kuni o‘t yoqish harom etilgani kabi baliq ovlash ham harom qilingan edi.

Bu qishloqda shu kunning hurmatini bajo keltirmasdan, taqiqlangan ishlarni qiladigan kishilarni qo‘rqitib turuvchi maxsus yozuv bo‘lardi.

Qishloq aholisining ba'zilari baliq ovlab sotish orqali, ba'zilari esa anbar savdo-sotig‘i bilan tirikchilik o‘tkazishardi. Alloh taolo qishloq aholisining rizqini ulug‘ qilib bergan edi. So‘ng Alloh taolo u qishloq ahlini qishloq yaqinidagi dengiz sohilida imtihon qilishni xohladi. U yerda ikkita katta oq tosh bo‘lib, baliqlar ular ustiga shanba kechasi va kunduzi chiqishardi. Chunki ular shu kunigina ovchilar to‘rlaridan omonda bo‘lishar, odamlar ko‘rsalar ham ularga qo‘llarini cho‘zmas edilar.

4.166665
Сизнинг бал: - ўртача: 4.2 (6 овоз)

Ашуро кунининг фазилати

Ибн Аббосдан ривоят қилишларича, Расулуллоҳ (с.а.в). Муҳаррам ойининг 10-куни Ашуро рўзасини тутишга буюрганлар. Ибн Аббосдан ривоят қилинган бошқа ҳадисда эса Пайғамбар (с.а.в.) Муҳаррам ойининг 9 ва 10-кунлари рўза тутишга буюрганлар. (Имом Термизий ривояти)

Ашуро кунининг фазилати
Абу Саид (р.а.) Расулуллоҳ (с.а.в.)дан ривоят қилдилар: “Кимки, Ашуро куни (оила) аҳлига кенглик қилса, Аллоҳ таоло ўша йили давомида унга кенглик кўрсатади”. Ушбу куннинг асл моҳияти шуки, бу кунда Нуҳ (а.с.)нинг кемаси Жудий (тоғи)га – қуруқликка чиққан. Ояти каримада шундай дейилади:


قِيلَ يَا نُوحُ اهْبِطْ بِسَلاَمٍ مِّنَّا وَبَركَاتٍ عَلَيْكَ وَعَلَى أُمَمٍ مِّمَّن مَّعَكَ وَأُمَمٌ سَنُمَتِّعُهُمْ ثُمَّ يَمَسُّهُم مِّنَّا عَذَابٌ أَلِيمٌ

“Эй Нуҳ! Биздан (бўлмиш) омонлик-саломатлик ва сенга ва сен билан биргаликдаги жамоаларга (аталган) баракотлар билан (кемадан ерга) тушгин!”

Бу оятдан мурод - Аллоҳни таниган бандалардир.

“(Келажакда шундай) жамоалар ҳам бўладики, уларни озгина баҳраманд қилурмиз, сўнгра уларни Биздан (юборилувчи) аламли азоб тутар” (“Ҳуд” сураси, 48-оят) ояти эса мушрик бандалар учун. Ушбу омонлик, саломатлик ва баракот охирзамонга қадар давом этади.

0
Сизнинг бал: -

Turkiston qayg'usi

Файл: 

Aziz Mahmud Hudoyi

Islomda o'lchov birliklari

UzIslam.com: Islomda tarixan o'ziga xos o'lchov birliklari shakllangan. Fiqhiy manbalarda o'lchovga oid kelgan masalalarni yaxshi tushunishimiz uchun ham Islomdagi o'lchov birliklarini yaxshi o'rganib olishimiz kerak bo'ladi. Quyidagi maqolada mana shunday islomiy birliklar haqida ma'lumot beriladi. Tushunishimiz uchun ularning zamonaviy o'lchov birliklaridagi ifodasi ham keltirilgan.

Bismillahir rohmanir rohiym
Bugungi zamon taraqqiyotining negizida, so‘zsiz, o‘tmishning ilmiy salohiyati yotibdi. Agar ota-bobolarimiz merosini izchil o‘rganadigan bo‘lsak, Alloh taolo ularga hozirgilardan ko‘ra ko‘proq ilm yuqtirganini ko‘ramiz. Bugun biz uchun oddiy ko‘ringan narsalar, aslida, qadimning katta tadqiqot va tajribalari xulosasidir. Qo‘lingizdagi ushbu mo‘’jaz kitobchada taqdim etilayotgan ma’lumotlar ham qadimgilarning har bir sohada chuqur tadqiqotlarga asoslanib ish yuritganlariga bir dalildir. Ayniqsa, o‘tmishda ham, hozirda ham musulmon o‘lkalarida o‘lchovlar masalasida yuzaki xulosalarga tayanib ish ko‘rish tasavvurga sig‘magan holdir. Chunki o‘lchovda ozgina adashilsa, kimningdir haqiga xiyonat, qaysidir tomonga zulm bo‘lib qolishi mumkin. Bu narsa esa, musulmonlar hazar qiladigan va qattiq ehtiyot bo‘ladigan narsadir.

5
Сизнинг бал: - ўртача: 5 (1 овоз)

Theme by Danetsoft and Danang Probo Sayekti inspired by Maksimer