Muborak kunlarga yetkazgan Allohga beadad shukrlar bo'lsin. Umr so'qmoqlarini oralab, yangi dovonga, yana bir Ramazon oyiga yetib keldik.
Alloh qilayotgan ibodatlaringizni O'z dargohida qabul qilib, tilayotgan barcha ezgu maqsadlaringizni ro'yobga chiqarsin.
Ramazon oyining ro'zasini tutish, ushbu oy fazilatlari va boshqa mazkur muborak kunlarga oid maqola va fiqhiy masalalar bilan sahifamizning "Ramazon" bo'limida tanishishingiz mumkin.
Мана яна бир неча кунлардан сўнг, барчамиз учун муқаддас ва севимли бўлган, савоб амалларни бажариш учун кенг имконият яратилган марҳамат ва раҳмат ойи - муборак Рамазон ойи ташриф буюради. Бу ойда Аллоҳ Таоло ҳалол қилган ейиш-ичиш каби амаллардан тийилиб, рўза тутамиз. Ўзаро дастурҳонлар ёзамиз. Кечалари масжидларда Қуръон хатмида баҳоли қудрат иштирок этамиз. Минг ойдан афзал бўлган кечани - Қадр кечасини бедор ўтказамиз. Ёши катталармиз одатдагидан фарқли ўлароқ эрта саҳарда туриб рўза тутишлари, меҳмондорчиликнинг кўпайиши, масжидларга қатновчилар сони кескин даражада ўзгариши фарзандларимизда бошқача бир қизиқиш ва таассурот уйғотади. Рамазон ойи биз учун уларга исломий яшаш тарзини ўргатиш, тўғри тарбиялаш учун Аллоҳ Таоло томонидан берилган энг қулай фурсат ҳисобланади. Хўш, бунинг учун биз катталар нима қилмоғимиз, нималарга эътибор бермоғимиз лозим?
Muxlis Namangoniy*
Assalom, ey mohi oliy qadru qiymat, assalom,
Assalom, ey manbai judu2 karomat, assalom,
Assalom, ey boisi xayru saxovat, assalom,
Assalom, ey mohi pur lutfu latofat, assalom,
Bizni shod etting kelib, ey mohi bahjat3, assalom!
Intizor erduk yo’lingda, ey mahi rahmatnamo,
Xush kelibsan, xoki poying diydam uzra to’tiyo,
Sen erursan kulli ummatga merosi Mustafo,
Hurmatingdin osiylarni mag’firat aylar Xudo,
Sen kelib, olamni qilding g’arqi rahmat, assalom!
El ichinda garchi mahsan, martabang kundin ziyod,
Kelganingda kull4 maloiklar qilurlar xayrbod,
Yilda bir olam eliga ko’b yetar sandin murod,
Necha mufsidlar boshidin aylading daf’i fasod,
Yer yuzin pok aylading, bo’lgil salomat, assalom!
Kelganingdin shukri lillah, shod bo’ldi xosu om,
Samo parda parda ochildi bugun,
G’azab koinotdan surgun qilindi,
Iftor dasturxonida uxraviy bir kun,
Ro’zaning sirrini kim yechabildi?
Qayg’uni qamadik zindonga bu oy,
Duolar nur kabi chiqdi samoga,
Ko’ngillar rahmat-la bezanmish saroy,
Mo’minda hasrat bor dorulbaqoga.
Hayit namozlari juma namozi farz bo’lgan kishilarga vojibdir. Faqat xutba hayit namozlarida sunnatdir.
Xutbani hayit namozidan avval o’qish yoki xutba o’qimasdan hayit namozini o’qish karohat bilan joizdir.
Ramazon hayitining mustahablari
Ramazon hayitida quyidagi o’n uch narsa mustahabdir:
1. Masjidga ketmasdan avval, toq bo’lish sharti bilan, xurmo yoki biron shirinlik yeyish.
2. G’usl qilish.
3. Tishlarni misvok (yoki tish cho’tkasi) bilan tozalash.
4. Xushbo’ylanish.
5. Eng chiroyli kiyimlarni kiyish.
6. O’ziga vojib bo’lsa, hayit namozidan avval fitr sadaqasini berish.
7. Uchragan har bir odamga tabassum bilan xushmuomalada bo’lish.
8. Iloji boricha ko’proq sadaqa berish.
9. Ertalab barvaqt turish.
10. Hayit namozi o’qiladigan masjidga ertaroq va ildam qadamlar bilan borish.
11. Bomdod namozini uyiga yaqin bir masjidda o’qish.
12. Bundan so’ng piyoda, hayit namozi o’qiladigan masjidga borish.
13. Iloji bo’lsa, boshqa bir yo’ldan uyiga qaytish.
Hayit namozidan avval masjidda, uyda va namozdan so’ng esa masjidda nafl namoz o’qish makruhdir.
Theme by Danetsoft and Danang Probo Sayekti inspired by Maksimer