user warning: Duplicate entry '1675362' for key 'PRIMARY' query: INSERT INTO accesslog (title, path, url, hostname, uid, sid, timer, timestamp) values('', 'taqvimoy', '', '38.107.179.210', 0, '5a5ad578ea88c2186b9a3769e10c3f8a', 588, 1337445768) in /home/uzislam/public_html/modules/statistics/statistics.module on line 64.

Янгиликлар

Qurbonlik - 1432

Assalomu alaykum hurmatli mo'min- musulmonlar. Kelayotgan muborak Qurbon hayiti bilan barcha musulmonlarni, xususan, yurtimiz ahlini chin qalbimizdan tabriklaymiz. Alloh bu bayramni bizlar uchun xayrli va ezgu ishlarga vasila bo'ladigan bayramlardan qilsin.

Ko'pchiligingizga ma'lumki, UzIslam.Com sayti mutasaddilari siz azizlar bilan hamkorlikda bir necha yillardan beri "Qurbonlik dasturi"ni uyushtirib kelmoqda. Bu yil ham ushbu savobli ishni davom ettirish fursati keldi. Alloh rizoligi uchun qurbonlik ibodatini ado qilishni niyat qilgan mo'minlarga yordamchi bo'ladigan ushbu dasturda ishtirok etishni barcha istaganlarga Robbimiz nasib qilsin.

5
Сизнинг бал: - ўртача: 5 (1 овоз)

«ISLOM.UZ-1432» МАЪНАВИЙ-МАЪРИФИЙ ТАНЛОВИ

Меҳрибон ва раҳмли Аллоҳ номи билан!

Алҳамдулиллааҳи Роббил ъаламийн
Вас-солаату вас-салааму ъалаа Ашрофил Анбияи вал Мурсалин
Ва баъд:
Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!

5
Сизнинг бал: - ўртача: 5 (3 овоз)

Dunyoda qancha musulmon bor?

Hozirgi kunda jahon aholisining har beshtasidan bittasi Islomga e’tiqod qiladi. Oxirgi 50 yilda Yer yuzining musulmon aholisi soni 235% ga o‘sdi va hozirgi kunda 1.6 milliardni tashkil etmoqda. Islom e’tiqod qiluvchilar soni ko'pligi jihatidan hatto, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniyada ham ikkinchi dinga aylandi. Rossiyada esa 16 million musulmon istiqomat qiladi.(Britannica) (Boshqa manbalarda Rossiya musulmonlari soni bir qancha ko‘pdir. BBC ga ko‘ra (1999), Rossiyada 26 million musulmon yashaydi.)

4.416665
Сизнинг бал: - ўртача: 4.4 (12 овоз)

Kanadada musulmonlar kosmodrom qurmoqchi

Kanadadagi musulmonlarga tegishli Muhammad nomli fazo tadqiqotlari instituti fazo yo'ldoshlarini uchirishga mo'ljallangan kosmodrom qurmoqchi. Kanada hozirgacha sun'iy yo'ldosh uchirish imkoniyatiga ega bo'lmagan davlat hisoblanadi.

Institut rahbari, astrofizik Reduan al-Faqirning aytishicha, Kanada ham yaqinda Hindiston, Xitoy, Yaponiya kabi davlatlar qatori fazoga sun'iy yo'ldosh chiqarish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Loyihaga rahbarlik qilayotgan olim al-Faqir Britaniya Kolumbiyasi universitetida ishlaydi. Uning aytishicha, asosan musulmonlar ishtirok etayotgan bu ishda barcha kanadaliklar faol qatnashishi kerak.

Sohil bo'yida qurilishi rejalangan kosmodromdan Yer orbitasiga va Quyosh tizimidagi Oy, Mars kabi boshqa sayyoralarga sun'iy yo'ldoshlar uchirish mumkin.

4.333335
Сизнинг бал: - ўртача: 4.3 (6 овоз)

Qurbonlik - 1431 tadbiri yakunlari haqida

UzIslam.com sayti har yilgi an'anasiga muvofiq bu yil ham "Qurbonlik - 1431" tadbirini tashkil etgani haqida xabar bergan edik. Avvalo, Alloh rizoligi uchun, qolaversa, zimmalarida Qurbonlik qilish vojib bo'lgan birorodarlarimiz ishini osonlashtirish maqsadida tashkil etilgan ushbu xayrli tadbir muvaffaqiyatli tarzda o'z nihoyasiga yetdi.

Zulhijja oyida tashkil etilgan ushbu Qurbonlik dasturida jami 12 ta qoramol so'yildi.

Qurbonlik sohiblari to'plangan go'shtning 1377 kilosini kambag'al va ehtiyojmandlar uchun ajratishdi. Xayr-ehson uchun ajratilgan ushbu go'sht ikki va to'rt kiloli paketlarga ajratilib, poytaxtimizning bir necha mahallasida ehtiyojmand oilalarga tarqatildi.

Ko'rsatilgan saxovatdan cheksiz mamnun bo'lgan hamyurtlarimiz ushbu xayrli ishga hissasini qo'shgan barcha birodarlarimiz haqqiga ezgu duolar qilishdi. Xususan, Toshkentning Novza, Geofizika,  G'ayratiy, Yangi hayot hamda Baytqo'rg'on mahallalari fuqorolar yig'ini vakillari qurbonlik dasturini tashkil etgan va unda ishtirok etganlarga alohida tashakkurnomalar izhor etdilar.

Saytimiz xodimlari "Qurbonlik - 1431" da ishtirok etgan va xayrli duolari bilan uning muvaffaqiyatli amalga oshishida yordamchi bo'lgan barcha mo'min-musulmonlarga alohida minnatdorchilik bildiradi.

5
Сизнинг бал: - ўртача: 5 (1 овоз)

Theme by Danetsoft and Danang Probo Sayekti inspired by Maksimer