user warning: Duplicate entry '1675362' for key 'PRIMARY' query: INSERT INTO accesslog (title, path, url, hostname, uid, sid, timer, timestamp) values('Hadis va sunnat o'rtasidagi farq nima?', 'node/82', '', '38.107.179.212', 0, '5a5ad578ea88c2186b9a3769e10c3f8a', 559, 1337445561) in /home/uzislam/public_html/modules/statistics/statistics.module on line 64.

Bugun bir oyat o'qidim...

8 жавоблар [Охирги пост]
master
Offline
Joined: 2010.10.18,
Bugun bir oyat o'qidim...

Assalamu alaykum

Bugun qanday oyat o'qidingiz?

master
Offline
Joined: 2010.10.18,
Re: Siz yoqtirgan oyat (oyatlar)

Niso surasi 57 chi oyat ma'no tarjimasi:
Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarni, albatta, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritamiz.

Anonim
Anonim's picture
Offline
Joined: 2007.03.23,
Re: Siz yoqtirgan oyat (oyatlar)

فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْراً يَرَهُ
Bas, kimki dunyoda zarra miqdorida yaxshilik qilgan bo'lsa, (Qiyomat kuni) uni ko'rar.

وَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرّاً يَرَهُ
Kimki zarra miqdorida yomonlik qilgan bo'lsa, uni ham ko'rar.
(Zalzala, 7-8)
Rahmatli Bobom shu oyatni ko'p marotaba takrorlardilar. Shu sababli shu oyatlar menga juda qadrdon va yoqimli oyat bo'lb qoldi. (Alloh o'tganlarimizni rahmatiga olsin)

uzbegimbolasi
uzbegimbolasi's picture
Offline
Joined: 2007.07.19,
Re: Siz yoqtirgan oyat (oyatlar)

فَبِأَيِّ آلَاء رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Бас, Роббингизнинг қайси неъматларини ёлғон дея олурсиз?!
Раҳмон сураси

Kwl
Kwl's picture
Offline
Joined: 2005.10.19,
Re: Siz yoqtirgan oyat (oyatlar)

Abdulloh Ibn Mas'ud r.a. dedi: Qur'oni Karimda 5 oyat bordirki, ularni dunyolarga alishtirmasman:

1. Agar sizlar man etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, kichik gunohlaringizni sizlardan o'chirurmiz va sizlarni shinam manzil (jannat)ga kiriturmiz. Niso-31

2. Albatta, Alloh bir zarra miqdorida (ham) zulm qilmaydi. Agar (o'sha miqdorda) yaxshilik bo'lsa, uni (bir necha barobar) ko'paytirur va O'z huzuridan ulug' mukofot (jannat) ato etur. Niso-40

3. Albatta, Alloh O'ziga shirk keltirish (gunohi)ni kechirmagay va (lekin) ana shundan boshqa (gunohlar)ni O'zi xohlagan (banda)laridan kechirur. Kim Allohga shirk keltirsa, demak, u ulkan gunohni to'qib chiqaribdi. Niso-48

4. Agar ular o'zlariga zulm qilgach, darhol Sizga kelishib, Allohdan kechirim so'raganlarida va Payg'ambar ham ular uchun kechirim so'raganda, Allohni kechiruvchi va rahm-shafqatli topgan bo'lur edilar. Merciful Niso-64

5. Kimda-kim biror yomon ish qilsa yoki o'z joniga jabr qilsa, so'ngra Allohdan kechirim so'rasa, Allohning (qanchalik) kechiruvchan va rahmli ekanini idrok etadi. Niso-110

Dedilarki:Jumlalar to'g'ridir, sen to'g'ri bo'lsang, To'g'rilik topilmaz, sen egri bo'lsang.

mumin_mirzo
Offline
Joined: 2007.07.01,
Re: Siz yoqtirgan oyat (oyatlar)

Er yuzida barcha narsa foniydir (Rohman). umuman rohman surasi inson qalbini larzaga solib turadigan suradir, boshdan ohir juda ta'sirlanib o'qiyman.

Ер юзида барча нарса фонийдир
(Ар-Рохман)

POLAT
POLAT's picture
Offline
Joined: 2007.12.25,
Re: Siz yoqtirgan oyat (oyatlar)

IQRO surasi birinchi oyatida olloh ilm olishni farz qildi inson yaxshilab tafakkur qilsa barcha narsa ilmga bog`liq misol uchun internetni tushunmaydigan qancha birodarlarimiz shuncha gaplardan quruq qolishyapti :D

IQRO` BISMI ROBBIKALLAZIY XOLAQ

muhibulloh
Offline
Joined: 2005.05.03,
Re: Siz yoqtirgan oyat (oyatlar)

BismillahirRohmanirRohiym
"...Kimki Xudodan qo'rqsa va nojoiz ishga mashg'ul bo'lmasa, Parvardigor unga najot yo'lini ko'rsatib qo'yadi. (Alloh taolo unga biror jufti halolni muyassar qiladi.)Agar faqir bo'lsa, unga o'ylamagan joyidan rizq yetkazadi. Va kimki Allohga tavakkul qilsa, Alloh Taolo unga yetarlidir. Albatta, Alloh Taolo o'zining murodini ijro qiluvchi va O'z ishini oxiriga yetkazuvchidir. Alloh Taolo har bir narsaga vaqt muqarrar qilgandir, (undan tajovvuz qilmaydi)." (Taloq surasi 3 - oyat)

Asl g'avvos bo'lsang, durni topgaysen
Sof bo'lsang ketar chog'ing, hurni ko'rgaysen
Hammayoq zulmat deb shikoyat qilma
O'zingda nur bo'lsa, nurni ko'rgaysen

Buxoriy
Buxoriy's picture
Offline
Joined: 2007.09.10,
Bismillahir rohmanir

Bismillahir rohmanir rohiiym.

 

63
وَعِبَادُ الرَّحْمَٰنِ الَّذِينَ يَمْشُونَ عَلَى الْأَرْضِ هَوْنًا وَإِذَا خَاطَبَهُمُ الْجَاهِلُونَ قَالُوا سَلَامًا
 
64
وَالَّذِينَ يَبِيتُونَ لِرَبِّهِمْ سُجَّدًا وَقِيَامًا
 

 

Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavoze bilan yuradigan, johil kimsalar (bema'ni) so'z qotganda "Salomatlik bo'lsin", deb javob qiladigan kishilardir. (25.63)

Ular kechalarni Parvardigorga sajda qilgan va tik turgan (bedor) holda o'tkazadigan kishilardir. (25.64)

ILLO, kimki tavba qilsa va imon keltirib, yaxshi amal qilsa, bas, Alloh ana o'shalarning yomonlik (gunoh)larini yaxshilik (savob)larga aylantirib qo'yur. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir. (25.70)

Kimki tavba qilib ezgu (ishlarni) qilsa, bas, albatta, u Alloh (rizosi va mag'firati) ga qaytgan bo'lur. (25.71)

Furqon surasi, 63,64,70,71-oyatlar.

 

_____________________________

Bir ishda niyat xayrli bo'lsa, oqibat ham xayrli bo'ladi. Niyat xayr, oqibat xayr... (Mavlono Bishr hazratlari)

Theme by Danetsoft and Danang Probo Sayekti inspired by Maksimer