user warning: Duplicate entry '1675362' for key 'PRIMARY' query: INSERT INTO accesslog (title, path, url, hostname, uid, sid, timer, timestamp) values('«ISLOM.UZ-1432» МАЪНАВИЙ-МАЪРИФИЙ ТАНЛОВИ', 'node/2912', '', '38.107.179.213', 0, '5a5ad578ea88c2186b9a3769e10c3f8a', 532, 1337445447) in /home/uzislam/public_html/modules/statistics/statistics.module on line 64.

Hazrati Salmoni Forsiy (ra) ning uylanishlari

"Uylanishga qodirmisiz?" turkumidan

Hazrati Abu Abdurahmon Aslami (ra) Hazrat Salmoni Forsiy (ra) ning Kinda qabilasidan bo’lgan bir ayolga uylanishi haqida rivoyat qiladi.

Tun kirganda Hazrat Salmoni Forsiy (ra) va uning do’stlari kelinning uyiga kelishadi. Uyga yetishganda Hazrat Salmoni Forsiy (ra) do’stlaridan uni tark etib ortlariga qaytishlarini so’raydi va haqlariga duo qiladi. Mushriklar davridan qolgan odatga ko’ra kuyovjo’ralarning kuyov bilan qolishlariga u rozi bo’lmaydi.

Hazrat Salmoni Forsiy (ra) uy ichiga kirganda uning turli bezaklar va pardalar bilan bezatilganligini ko’radi. U odamlardan, uyni tumovdan saqlash uchun hamma yog’ini to’sib tashladilaringmi yoki Ka’ba o’zining bezaklari bilan Kindaga ko’chib keldimi, deb so’raydi. Odamlar unga bunday emasligini aytishadi. U eshik pardasidan boshqa barcha bezak-pardalar olib tashlanmaguncha ichkariga kirmaydi. Xona ichiga kirganda esa ko’plab uy-ro’zg’or buyum va jihozlariga ko’zi tushadi va odamlardan buni kim uchun saqlashayotganini so’raydi. Bular unga va uning ayoliga tegishli ekanligini aytishadi. Hazrati Salmoni Forsiy (ra) shunday deydi: “Mening sevimli kishim (saw) menga bu dunyoda insonning narsasi xuddi o’tkinchi musofirniki kabi bo’lishi kerakligini aytganlar”.

So’ng Hazrati Salmoni Forsiy (ra) ko’plab xizmatkorlarni ko’radi va buning ham sababini so’raydi. Ular unga va ayoliga xizmat qilish uchun kelishganini aytishadi. Shunda Hazrat Salmoni Forsiy (ra): “Menga sevimli kishim (saw) xotinimdan boshqa birortasini xizmatkor tutmasligimni buyurgan. Agar ular yo’ldan adashib menga qarshi isyon qilishsa, men ham ular kabi gunohkor bo’lib qolaman”, deydi. So’ng u atrofdagi ayollarga qarata, “Meni ayolim bilan xoli qoldirasizlarmi yoki o’z ishimiz ustida ham shu yerda turasizlarmi?”, deb aytadi. Shundan so’ng ayollar ularni tark etishadi. Hazrati Salmoni Forsiy (ra) eshikni yopib pardani osib qo’yadi. U ayolining peshonasiga qo’lini qo’yib, barakali hayot tilab duo qiladi va shunday deydi: “Mening buyruqlarimga bo’ysunasanmi?” Xotini deydi: “Sening er sifatidagi mavqeing sabab men har qanday buyruqlaringga bo’ysunaman”. Hazrati Salmoni Forsiy (ra) deydi: “Menga sevimli kishim (saw) xotinimga yaqinlashishimdan oldin namoz o’qishimni buyurgan”. So’ng ular namoz o’qishadi va o’zlari xohlagan muddat unda band bo’lishadi. Shundan so’ng ular yaqinlik qilishadi. Ertasiga ertalab do’stlari undan xotinining qanday ekanligini so’rashadi. Hazrati Salmoni Forsiy (ra) ularga javob bermaydi. Ular uchunchi bor shu savolni berishganda u shunday deydi: “Alloh yashirilishi kerak bo’lgan narsalarni yashirish uchun parda va eshiklarni yaratgan. Har biringiz ochiq narsalar haqida so’rangiz, yopiq narsalarni hech so’ramangiz. Men sevimli kishim (saw) dan bir kishi xotini bilan qilgan aloqasini boshqalarga aytsa, xuddi ko’chada jinsiy aloqa qilgan ikki eshak kabi bo’libdi, deganlarini eshitganman”.

(Abu Naim, al-Hilyah, 1-jild, 185-bet)

Сизнинг бал: - ўртача: 5 (1 овоз)

Theme by Danetsoft and Danang Probo Sayekti inspired by Maksimer