Qurbonlik - 1432 yakunlari haqida

UzIslam.com sayti har yilgi an'anasiga muvofiq bu yil ham "Qurbonlik - 1432" tadbirini tashkil etgani haqida xabar bergan edik. Avvalo, Alloh rizoligi uchun, qolaversa, zimmalarida Qurbonlik qilish vojib bo'lgan birorodarlarimiz ishini osonlashtirish maqsadida tashkil etilgan ushbu xayrli tadbir bu yil ham muvaffaqiyatli tarzda o'z nihoyasiga yetdi.

Zulhijja oyida tashkil etilgan ushbu Qurbonlik dasturida jami 8 ta qoramol so'yildi.

Qurbonlik sohiblari to'plangan go'shtning ma'lum qismini kambag'al va ehtiyojmandlar uchun ajratishdi. Xayr-ehson uchun ajratilgan ushbu go'sht ikki va to'rt kiloli paketlarga ajratilib, poytaxtimizning bir necha mahallasida ehtiyojmand oilalarga tarqatildi.

745 kg go'sht Toshkent shahridagi qariyalar uyiga, Geofizika, Muxtor, G'ayratiy, Baytqorgon ,Yunusobod 17 mavzesi mahallalarida hamda Namangan viloyati To'raqorgon tumanidagi ehtoyojmandlarga tarqatildi.

Ko'rsatilgan saxovatdan cheksiz mamnun bo'lgan hamyurtlarimiz ushbu xayrli ishga hissasini qo'shgan barcha birodarlarimiz haqqiga ezgu duolar qilishdi.

Saytimiz xodimlari "Qurbonlik - 1432" da ishtirok etgan va xayrli duolari bilan uning muvaffaqiyatli amalga oshishida yordamchi bo'lgan barcha mo'min-musulmonlarga alohida minnatdorchilik bildiradi.

Alloh mana shunday xayrli tadbirlar sonini va ajrini yanada ko'paytirishini yana bir bor tilagan holda siz azizlardan saytimizning dunyo va oxirat uchun manfaatli ishlarni amalga oshirishda bardavom bo'lishini istab duo qilib qo'yishingizni so'raymiz.

UzIslam.com sayti ma'muriyati

Сизнинг бал: - ўртача: 5 (2 овоз)

Theme by Danetsoft and Danang Probo Sayekti inspired by Maksimer