Imomi A'azam (r.a) huzurlariga bir kofir kelib, "Ey imom, sen Qur'onda har narsa bor deysan", debdi.
Imomi A'azam, "Xuddi shunday", deb javob beribdi. Kofir bir qop un keltiribdi va o'rtaga qo'yib, "Qur'ondan topib menga aytchi, bu bir qop undan nechta non chiqadi", debdi. Imomi A'zam (r.a) bir nonvoy chaqirtiribdilar. Kofir e'tiroz bildiribdi, "Bunaqasi ketmaydi, Qur'ondan ko'rsat", debdi. Imomi A'zam(r.a) sabr qilishini so'rabdilar.
Nonvoy kelgach, Imomi A'zam (r.a) undan, bu bir qop undan nechta non chiqadi, deb so'rabdilar. Nonvoy ikki yuz ellikta degach, Imomi A'zam(r.a) javob shu debdilar.
Keyin Qur'oni Karimni ochib, "...har ishni arbobidan so'rang...", degan ma'nodagi mo'minlarga nasihat qilingan oyatni ko'rsatibdilar.
Alloh ul zotdan(r.a), hamma olimu ustozlardan rozi bo'lsin.
Muhibulloh tayyorladi
Theme by Danetsoft and Danang Probo Sayekti inspired by Maksimer