user warning: Duplicate entry '1675362' for key 'PRIMARY' query: INSERT INTO accesslog (title, path, url, hostname, uid, sid, timer, timestamp) values('hadis turlari', 'node/1114', '', '38.107.179.214', 0, '5a5ad578ea88c2186b9a3769e10c3f8a', 717, 1337445205) in /home/uzislam/public_html/modules/statistics/statistics.module on line 64.

Hasrat...

Samo parda parda ochildi bugun,
G’azab koinotdan surgun qilindi,
Iftor dasturxonida uxraviy bir kun,
Ro’zaning sirrini kim yechabildi?

Qayg’uni qamadik zindonga bu oy,
Duolar nur kabi chiqdi samoga,
Ko’ngillar rahmat-la bezanmish saroy,
Mo’minda hasrat bor dorulbaqoga.

Duo ko’zyoshlarni simirdi va nur,
Qopladi olamni, qurshadi butkul,
Ipak qalbli mo’min, pokiza va hur,
Chirkinu botilni kishanladi qul...

Mana yashanajak namuna hayot,
Peshonalar o’par sajdani bir bir,
Go’zal dinimizda huzur va rohat,
Kim bilar, qay zamon ochilur bu sir?

Tasbihot ko’klarni chulg’agan onlar
“Marhabo”lar laylini siyladi chunon,
Endi safar qarib, dilda hijronlar...
Alvido va alvido shahri Ramazon…

Han

Овоз берилмаган

Theme by Danetsoft and Danang Probo Sayekti inspired by Maksimer