Атамаларнинг изоҳли луғати

A (2) | D (1) | E (1) | F (2) | G (3) | H (2) | I (5) | J (3) | K (1) | M (14) | N (5) | P (1) | Q (2) | R (1) | S (5) | T (3) | V (1) | X (1) | Z (3)
Atama Izohi
Madiy ba'zi kishilarda siygandan keyin chiqadigan yopishqoq suyuqlik.
Maziy er-xotin bir-biri bilan surkalishganda olat va farjdan chiqadigan suyuqlik. U bilan g'usl farz bo'lmaydi. Lekin tahorat ketadi. Ammo uyqudan uyg'ongan kishi avratida yoki o'rindig'ida maziy ko'rsa ham g'usl vojib bo'ladi.
Maniy odatda jinsiy aloqa qilinganda va ba'zan boshqa sabablar bilan olat va farjdan shahvat (lazzat) bilan tez chiqadigan quyuq modda (spermatazoid). U bilan g'usl qiliig farz bo'ladi.
Makruh xunuk sanalgan, noma'qul ish. Tahorat, namoz, ro'za kabi ibodatlarda makruh ish qilinsa ibodat buzilmaydi, lekin u nuqsonli va savobi kamigan bo'lib qoladi. yeyiladigan va ichiladigan narsalarda makruh - harom bilan halol o'rtasidagi hukm
Masbuq namozga kech kelib imomga iqtido qilgan kishi.
Mash silash; tahoratda qo'llarni suv bilan namlab boshni va poyafzalni silash. Ba'zan jarohat va unga o'ralgan matoh ustidan ham mash tortiladi.
Maxraj insondagi axlat va siydik chiqadigan ikki yo'l.
Mahram o'rtalarida nikoh mumkin bo'lmagan kishi. Masalan ayol kishining o'z otasi, aka-ukasi, amaki va tog'asi, o'g'li, o'g'il nabirasi va hokazo.
Muallif ta'lif etuvchi; asar yozuchi.
Musannif o'zgalarning asarlaridagi ma'lumotlardan to'plab ijod qiluvchi.
Mujtahid Qur'on, Hadis, Ijmo', Qiyos va boshqa qo'shimcha islom manbalaridan mustaqil ravishda shar'iy hukm chiqarib olishga ilmi yetadigan diniy olim.
Musofir o'z asliy vatanidan 90 km uzoqlikni niyat qilib safarga chiqqan kishi. Unga shariat bir necha imtiyoz va yengilliklar beradi. Masalan to'rt rak'atli farz namozlarni ikki rak'at o'qiydi, ro'zani tutmay, keyin qazosini tutadi va hokazo.
Muqim safarga chiqmay, o'z vatanida yashayotgan kishi; musofirning ziddi.
Muqtadiy imomga iqtido qilib namoz o'quvchi kishi.

Theme by Danetsoft and Danang Probo Sayekti inspired by Maksimer