Ҳаётимиз довомида жуда кўп ирим-сиримларга дуч келамиз. Баъзан улар сабабли тараддудланиб қоламиз. Аксарият ҳолатларда қоғозга ёзилмаган бу каби «Қоида»лар дам амалимизга, дам кайфиятимизга салбий таъсир кўрсатади. Аслида ирим-сиримлар ҳақми? Бу борада Ислом таълимотида нима дейилган?
Маълумки, қазою кадарга имон келтириш Ислом таълимотининг асосларидан биридир. Шундай экан, инсон бошига тушадиган барча яхшилик ва ёмонликларни ҳам тақдирдан деб билиш ва у бандага Аллоҳнинг иродаси билангина етади, дея эътиқод қилиш энг тўғри йўлдир. Одамлар орасида кенг тарқалган амаллардан бири шумланишдир. Жоҳилият даври одамлари биpop ишни қилмоқчи бўлсалар, қуш учириб кўрар эдилар. Агар қуш тепага кўтарилиб ўнг томонга учса, хурсанд бўлиб, ўша ишни бошлардилар. Агар қуш чап томонга учса, хафа бўлиб, шумланар ва ўша ишни қилмас эдилар, Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам ушбу эътиқодни рад қилиб, инсонлар шумланаётган нарсалар ҳеч қандай зарар ҳам, манфаат ҳам келтира олмаслигини баён қилдилар. Бу борада Абу Ҳурайра разияллоҳу анҳудан ривоят қилинган бир ҳадисда Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам шундай деганлар: "Касалликнинг юқиши йўқдир, шумланиш йуқдир, руҳларнинг қушга айланиб юриши йўқдир, Сафар ойидан шумланиш йўқдир" (Имом Бухорий ривояти).
Бугун турли ёт оқим ва секталар ёшлар онгию қалбини эгаллаш учун кураш олиб боришяпти. Ана шундай зарарли оқимлардан бири “сатаначилик” ёки “шайтончилик” (“сатанизм”) тарафдорларидир. “Шайтончилик” ўн тўққизинчи асрнинг саксонинчи йилларидан АҚШ, Франция, Англия, Олмония каби ривожланган мамлакатларда кўрина бошлади. Кўҳна Бобил (Месопотамия)даги адашган оқимлардан “язидий”ликда ҳам унинг сифатлари бор эди. Уларнинг издошлари Ироқ ва Сурия шимолида, Олмония, Гуржистон ва Арманистонда ҳозир ҳам бор.
Шайтончиликка 1900 йиллар бошида Алистер Гровлей (Aleiester Growley) деган шахс асос солган. Шайтончилар сеҳр-афсун амаллари, ҳайвонларни (асосан мушукни) ўлдириш маросимлари, оммавий мусиқанинг рок, метал, хэви метал каби йўналишлари ёрдамида, ичкилик, гиёҳвандлик қилиб бузуқилик кечалари ташкил этиш билан ёшларни ўта хатарли йўлларига чорлашади.
Ўтган асрнинг олтмишинчи йилларида Американинг Калифорния штатида Антон Левий исмли шахс “Шайтон черкови”ни (Church of Satan) қурдирди. Насронийликка қарши чиқиб, “Сеҳр халқаси” номидан гуруҳ ташкил этган Левий тўққиз шайтоний асосдан иборат “Шайтон инжили”ни (Satanic Bible) тўқиди. Шайтончилар 1966 йили “Розмари чақалоғи” деган китоб ва филм яратишди. Аммо филм режиссёрини бир йилдан сўнг ўлдириб кетишди. Антон Левий ўзи асос солган “Шайтон черкови”га бош роҳиб бўлди. У шайтон инжилида бундай ёзади: “Шайтоннинг давридир бу давр, дунёни шайтон бошқармоқда”.
Mening aytmoqchi bo‘layotganlarimni sizlar allaqachon bilasizlar: payg‘ambar Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) olib kelgan risolat haqiqat dinidir. Inson sifatida bizlarga ong, zakovat berilishi bilan birga, ulkan mas’uliyat ham yuklangan. Bu dunyo hayoti oxirat uchun tayyorgarlik maskani ekanini anglash, turli aldamchi o‘y-orzulardan saqlana olish Allohning yerdagi vakili qilib yaratilgan inson uchun g‘oyatda muhimdir.
Mazkur sinov dunyosidan o‘tolmaganlar qayta imtihon topshirishga qo‘yilmaydilar. Zero, Qur’oni karimda aytilishicha, ko‘plab insonlar Hisob kuni yana imkoniyat berilishini so‘rab yolborganlarida, Alloh taolo shunday der ekan: “Agar sizlarni orqaga qaytarsam, yana shu ishlarni qilasizlar”.
Uzislam.com: Maqolada do'zaxning ta'rifi va unga tushuvchilarga beriladigan azov-uqubatlar sahih hadislar asosida bayon etilgan. Do'zaxdagi eng kichik azob, hadisda kelishicha, olovdan yasalgan kovush bo'lib, uni kiygan odamning miyasi qaynaydi, qornidagi narsalar tovonidan oqib tushadi; azoblanayotgan odam do'zaxda eng og'ir azobni men ko'ryapman, deb o'ylaydi. Vaholanki, bu do'zaxdagi eng yengil jazo. Musulmon odam bu kabi hadisi shariflarni o'qiganda, gunohlardan tiyilmaslik insonni do'zax sari yetaklashi mumkinligini doim yodda tutishi kerak. Zero, hadisi shariflarda bayon qilinganidek, musulmon odam ham, agar osiy bo'lsa, do'zaxga tushishi mumkin. Har bir inson vafot etgandan so'ng, Qiyomat kuni hisob-kitob qilingach, iymon-e'tiqodiga, amaliga qarab yo jannatga yo do'zaxga kiradi. Mo'min odam bunga ishonishi kerak. Iymonsizlikning va gunohlarning oqibati qanday bo'lishini odamlar bilsin uchun Qur'oni Karimda va payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislarida do'zaxning qanday ekani bayon etilgan.
Ibn Mas’uddan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu dunyo olovi va do'zaxdagi olovni qiyoslab shunday deganlar: “Bu dunyodagi olovlaringiz do‘zax o‘tining yetmish barobaridan biridir. Agar o‘sha olovni dengizga ikki marta tashlasalar, uning suvidan foydalanib bo‘lmaydi (Buxoriy (3265/6) va Muslim (2843/4) rivoyat qilgan, Muttafaqun alayh)”.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana bir hadisda shunday deganlar: “Do‘zaxda beriladigan eng yengil azob ikki oyog‘iga olovdan kovush kiygizib qo‘yishdir, uning issiqligidan miyasi qaynaydi, go‘yoki u suv qaynatiladigan idishdek, qulog‘ida va jag‘ida cho‘g‘ turgandek, lablari o‘tning issiqligidadir. Qornidagi narsalar ikki oyog‘ining tagidan oqib chiqadi. U, menga do‘zaxning eng qattiq azobi bo‘lyapti, deb o‘ylaydi, aksincha, bu azob, do‘zax ahli uchun eng yengil azobdir” (Buxoriy (6562/11) va Muslim (213) rivoyat qilgan, Muttafaqun alayh).
UzIslam.com: Zino bugungi zamonaviy dunyoda toboro avj olib borayotgan illatlardan hisoblanadi. Nomusulmon o'lkalarda zino ikki insonning o'zaro roziligi asosida amalga oshadigan, ko'ngil ishi deya ataladigan tabiiy holga aylanib qolgan. Achinarlisi, musulmon yoshlari orasida ham, Islomdan bexabar musulmon o'lkalarida ham bu gunohga o'ralashib qolayotganlar soni, afsuski, oshib bormoqda. Alloh bizlarni bundan asrasin. Quyidagi kichik risolada zinokorlar uchun Alloh oxiratda qanday azoblar tayyorlab qo'ygani haqida hikoya qilinadi.
Alloh taolo bandalarini zinoga yaqinlashishdan va zinoga sabab bo‘ladigan ishlardan qaytarib shunday deydi:
«Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki bu buzuqlikdir va eng yomon yo‘ldir» (Al-Isro surasi, 32).
«Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga duo-iltijo qilmaslar va Alloh(o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur. Qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur» (Furqon, 68-69).
«Zinokor ayol va zinokor erkak - ulardan har birini yuz darradan uringlar...»
Uzislam.com: Mo'min borki, jannatga tushishni orzu qiladi. Allohdan doimo joyini jannatdan qilishini so'raydi. Chunki jannat do'zaxning aksi bo'lib, unda faqat rohat-farog'at bor. Jannatga kirish oson emas. Unga badal to'lash lozim. Bu – Allohga iymon keltirish va uning amrlarini bajo etishdir. Albatta, Allohning jannat nema'tiga yolg'iz ibodat qilish bilan erishib bo'lmaydi. Zero, jannatdagi ne'matlarni sotib olishga bizning amallarimiz aslo yetmas. Alloh buyurgani uchun taslim bo'lib Uning amallarini bajarishimiz, inshaalloh, Alloh roziligini topishimiz uchun vasila bo'ladi. Quyidagi maqolada biz mo'minlarga oxiratda va'da qilingan jannat tavsifi hadisi shariflar asosida bayon etiladi. Jannat noz-ne'matlari ta'rifi iymonlarimiz nurini yanada ziyoda etib, xayrli amallarda yana-da mustahkamroq bo'lishimizga sabab bo'lsa ajabmas. Asar oxirida Abu Lays Samarqandiyning jannatga erishish uchun nimalar qilish lozimligi haqidagi besh nasihati ham o'rin olgan.
Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Dedikki: “Yo Rasululloh, jannat nimadan yaratilgan?” Aytdilar: “Suvdan”. “Yo Rasululloh, jannatning binosidan bizga xabar bering!” Rasululloh aytdilar: “Jannat tillo va kumush g‘ishtlardandir. Uning loyi yangi mushkdan, tuprog‘i za’farondan, uning kichkina toshchalari marvarid va yoqutdandir, kim unga kirsa, ne’matlanadi, noumid bo‘lmaydi va abadiy qoladi, o‘lmaydi, kiyimi ho‘l bo‘lmaydi va hech ham yoshligi ketmaydi”. So‘ng aytdilar: “Uch nafar kishilarning duosi qaytarilmaydi: adolatli podshohlarning, og‘zini ochayotgan ro‘zadorning va mazlumning duosi. Chunki uning duosi bulut ustiga ko‘tariladi. Alloh unga qarab aytadi: “Izzatim va ulug‘ligimga qasamki, albatta, senga yordam beraman, agar keyinchalik bo‘lsa ham!” (Termiziy (2526), Ahmad (305/2) va Abu Na’im (136) rivoyat qilgan, Sahih)
Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Jannatda bir daraxt bor, biron ulovga mingan yo‘lovchi uning soyasida yuz yil yursa ham oxiriga yetmaydi, xohlasangizlar, mana o‘qingizlar: “O‘ng tomon egalari!.. o‘ng tomon egalari (bo‘lmoq) ne (saodat)dir! (Ular) tikansiz sadrzorlarda... Tizilgan bananzorlarda... Uzaygan soyada... oqizib qo‘yilgan suv (bo‘yi)da...” (Voqea, 30).
Hadis'shunos olim Abdulhaq Dehlaviy (vafoti m. 1642) o'zining "Jazb-ul qulub" asarida shunday yozadi:
"Ibn Abu Shayba xabar berdi: Hazrati Umar zamonida Madinada qurg'oqchilik sodir bo'ldi. Bir kishi Qabri-Nabaviyga (Payg'mbar (a.v.s.) ning qabrlariga) kelib, "Ya Rasululloh! Ummating uchun yomg'ir duosi qil! Halok bolamiz", - dedi. Rasululloh (s.a.v.) uning tushiga kirib, "Umarga bor! Yomg'r bo'lajagining xabarini ber", -dedilar.
Ibn Javziy aytadiki, Madinada qurg'oqchlik bo'ldi. Hazrati Oyishaga kelib yalindilar. "Rasulullohning maqbarasi shiftini teshing", - deb buyurdilar. Shunday qilishdi. Ko'p yomg'ir yog'di. Qabiri-sharif ho'l bo'lib ketdi".
Bu yerda kelgan birinchi rivoyat "Malik ad-Dor hadisi" nomi bilan mash'hurdir. Tafsilotlariga kirishishdan oldin tekshirib ko'rmoqchi bo'lgan kishilar uchun quyida bu xabarning yozilishi/tafsiri va topa olishi mumkin bo'lgan ba'zi manbalarini keltiraman:
Theme by Danetsoft and Danang Probo Sayekti inspired by Maksimer